O‘quvchilarimizning haqiqiy natijalari
Speaking2–3 gapdan keyin to‘xtab qolasizmi? Fikrni sabab va misol bilan C1 darajada yetkazishni o‘rganamiz.
WritingNima yozishni bilmay qolasizmi? Barcha xat turlarini oson usulda yozishni o‘rganamiz.
MockImtihonga tayyorligingiz noaniqmi? Har yakshanba imtihonga qanchalik tayyorligingizni tekshiramiz.
Ustozning tushuntirish usuli va amaliy mashqlar bilan tanishish.
Darslar, testlar va AI yordamchi.
Umumiy CEFR tayyorgarligi yoki alohida Speaking / Writing.
Paketlarni surib ko‘ring
Ustoz bilan 2 oylik umumiy tayyorgarlik
Bir kurs. Ikki xil to‘lov usuli.
2–3 gapdan keyin to‘xtab qolasizmi?
Usul: Javob → sabab → misol → yakun tartibida fikrni kengaytirish.
Amaliyot: Bir savolga 20, 30 va 45 soniyalik javoblar tuzish; keyin 1–2 daqiqalik nutqni mashq qilish.
Usul: Shaxsiy tajriba, jamiyat va baholash orqali bitta mavzuga uch tomondan qarash.
Amaliyot: Savol yoki rasm uchun fikr topish va ularni tartibli javobga aylantirish.
Usul: So‘zlarni alohida yodlash o‘rniga birikmalar bilan ishlatish; “very good” kabi umumiy iboralarni aniqlashtirish.
Amaliyot: Oddiy javobni tabiiy so‘z birikmalari bilan boyitish va ma’nosini izohlash.
Usul: Bir fikrni boshqa so‘z, gap tuzilishi yoki tushuntirish bilan qayta ifodalash.
Amaliyot: Bitta gapni uch xil aytish; kerakli so‘z esdan chiqsa, ma’nosini boshqa yo‘l bilan tushuntirish.
Usul: Hikoyada voqealar ketma-ketligini, muhokamada sabab va qarama-qarshi fikrlarni bog‘lash.
Amaliyot: Part 2 hikoyasi va Part 3 muhokamasini boshlanishdan xulosagacha tartibli qurish.
Usul: Fikr → sabab → oqibat → xulosa zanjiri orqali javobga mazmun qo‘shish.
Amaliyot: Savol, rasm va muhokamadagi fikrni uning ta’siri va natijasi bilan izohlash.
Usul: Shart, aniqlovchi, vaqt va qarama-qarshilik tuzilmalarini gapirishga mos qoliplar orqali qo‘llash.
Amaliyot: Oddiy gaplarni bog‘lash va Part 1–2 javoblarida turli grammatik tuzilmalardan foydalanish.
Usul: Mavzuga jamiyat, inson xulqi, afzallik, kamchilik va uzoq muddatli ta’sir orqali qarash.
Amaliyot: Ikki tomonni sabab va misollar bilan muhokama qilish, so‘ng o‘z xulosangizni aytish.
Usul: Ikki rasmni taqqoslash; voqeaga tafsilot, his-tuyg‘u va yakun qo‘shish.
Amaliyot: Rasm uchun tartibli tasvir, Part 2 uchun bir daqiqada hikoya rejasi tayyorlash.
Usul: Javobni izohlash, kengaytirish va yakunlash; o‘tmish–hozir–kelajak hamda qisqa taqqoslash usullari.
Amaliyot: Part 1 va Part 2 javoblarini qolipni yodlamasdan, fikr asosida qayta-qayta mashq qilish.
Natijaga erishish uchun darsdagi mashqlarni bajarib, qayta mashq qilish kerak.
Nima yozishni bilmay qolasizmi?
Usul: Topshiriq talabini tushunish, rasmiy va norasmiy uslub, matn tuzilishi, grammatika va tinish belgilari.
Amaliyot: Xat va post uchun reja tuzish; savoldagi barcha talablarni javobga kiritish.
Usul: Yordamni aniq tilga olish, uning foydasini tushuntirish va vaziyatga mos minnatdorlik bildirish.
Amaliyot: Do‘stga norasmiy, tashkilot yoki yordam bergan kishiga rasmiy minnatdorlik xati yozish.
Usul: Muammo → uning ta’siri → kutilayotgan yechim tartibi; qat’iy, lekin odobli ohang.
Amaliyot: Nosoz mahsulot, xizmat yoki yashash sharoiti haqida shikoyat va aniq talab yozish.
Usul: Vakansiyaga qiziqish, mos tajriba, ko‘nikmalar va qanday foyda bera olishingizni tartibli bayon qilish.
Amaliyot: Ishga ariza xatida umumiy maqtov o‘rniga tegishli tajriba va misollar keltirish.
Usul: Vaziyat → muammo → ta’sir → iltimos tartibi; ruxsat yoki yordamni muloyim so‘rash.
Amaliyot: Do‘stdan biror narsa so‘rash yoki rahbarga ruxsat so‘rovi yozib, sababini asoslash.
Usul: Xatoni tan olish, uning oqibatini tushuntirish, mas’uliyat va tuzatish choralarini yozish.
Amaliyot: Do‘stga yoki rahbarga uzr xati yozish; bahona o‘rniga amaliy yechim taklif qilish.
Usul: Yo‘qotishni tan olish, samimiy hamdardlik va ehtiyotkor qo‘llab-quvvatlash.
Amaliyot: Do‘st yoki hamkasbga ortiqcha hissiyot va sovuq qoliplarsiz hamdardlik xati yozish.
Usul: Savolni o‘z so‘zlaringiz bilan ochish; kirish, asosiy qismlar va xulosa tuzish.
Amaliyot: Ikki asosiy fikrni sabab va misollar bilan rivojlantirib, yaxlit post yozish.
Usul: Har bir qarashni alohida paragrafda izohlash, fikrlarni bog‘lash va o‘z pozitsiyangizni asoslash.
Amaliyot: Qarama-qarshi fikrlarni taqqoslab, tushunarli dalillar va xulosa bilan post yozish.
Usul: Muammo, sabab yoki oqibatni aniqlash va har biriga tegishli yechimni asoslash.
Amaliyot: Ikki muammo va ularga mos ikki yechimni tartibli postga aylantirish.
Natijaga erishish uchun darsdagi mashqlarni bajarib, qayta mashq qilish kerak.
Har biri 2 soat. Ustoz bilan yangi mavzu, savol-javob va mashqlar.
Videoni ko‘rib, material va topshiriqlar bilan mavzuni mustahkamlaysiz.
80% natijadan keyin navbatdagi dars ochiladi.
Reading, Listening, Writing va Speaking bo‘yicha natija va xatolar tahlili.
Ustoz: jonli dars, tushuntirish va xatolar tahlili.
Platforma: vazifa, mavzu testi va o‘zlashtirish holati.
Qo‘llab-quvvatlash: qatnashish, topshiriq eslatmalari va texnik yordam.
O‘quvchilarimizning o‘zlari yozgan fikrlari.
Javobini topa olmadingizmi? Telegramdan yozing — odam javob beradi.
✉ Savol berishMaqsadimiz — C1. Kafolatimiz — kamida B2. Agar birinchi urinishda kamida CEFR B2 natijasini ololmasangiz, keyingi guruhlar bilan bepul qayta o‘qiysiz. Natijaga erishmaguningizcha biz bilan birgasiz.
Shart: vazifalarni muntazam bajarish. Qo‘shilishdan oldin ustozdan kafolat va qayta o‘qish shartlarini yozma oling.
Diagnostika dastlabki taxminiy natijani beradi. A1 natijada asoslarni mustahkamlash bo‘yicha maslahat oling. A2/B1 natijada ikki oylik kurs tartibi bilan tanishing.
Jonli darsga kira olmasangiz, dars yozuvini ilovada qulay vaqtda 7 kun ichida qayta ko‘ra olasiz. Vazifa va testlar bilan mavzuni mustahkamlab, tayyorgarlikni davom ettirasiz.
Hisoblagich taxminiy dars va mashq vaqtini ko‘rsatadi; mentor jadvalingizga mos reja bo‘yicha tavsiya beradi.
O‘qish vaqtini hisoblashDiagnostikadan o‘ting va mentorga yozing. Kursga mosligingiz, boshlanish sanasi va to‘lov tartibini aniqlashtirib, tayyorgarlikni boshlaysiz.